Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 71 yoshda bo‘lishiga qaramay, havaskor darajada xokkey o‘ynaydi. Minskdagi o‘yinda u Brest viloyati jamoasiga qarshi maydonga tushdi va jamoadoshi Yaroslav Chupris bilan to‘qnashib, orqa mushaklarida cho‘zilish jarohati oldi.
Lukashenko o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qilgan va keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan. O‘yin 5:5 hisobida durang bilan yakunlangan.
Oldingi yillarda ham Lukashenko havaskor xokkey uchrashuvlarida qatnashgan, jumladan, 2021-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bir jamoada o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Shuningdek, 2022-yilda Respublika musobaqasi vaqtida yuziga xokkey tayog‘i tegishi ham qayd etilgan.






