AsosiyJamiyat

Isroil "dunyoning eng obroʻsiz mamlakati" deb eʼlon qilindi

2025 yil global brend reytingida Isroil oxirgi o‘rinni egalladi, mamlakatning xalqaro obro‘yi keskin pasaygan.

'Isroil "dunyoning eng obroʻsiz mamlakati" deb eʼlon qilindi'ning rasmi

"Nation Brands Index" tadqiqotiga ko‘ra, Isroil 20 yil ichida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Reyting mamlakatning turizm, aholi, madaniyat, immigratsiya, eksport va boshqaruv sohalaridagi obro‘sini baholaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, nafaqat hukumatga, balki Isroil fuqarolariga bo‘lgan salbiy qarashlar kuchaygan, asosiy sabab – G‘azo va Quddusdagi mojarolar.

Shuningdek, Isroil mahsulotlari va eksportiga bo‘lgan ishonch ham pasaygan, "Made in Israyel" belgisi bilan bog‘liq boykotlar davom etmoqda. 2023-yil oktyabridan buyon G‘azoda 71 000 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgani sababli, dunyo bo‘ylab, shu jumladan Yevropa va Sharqiy Osiyoda ham salbiy qarashlar kuchaygan.

So‘nggi so‘rovnomalar, xususan Pew Research va YouGov ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda AQShda aholining 53 foizi Isroilni salbiy baholagan, Yevropada esa Britaniya, Fransiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya va Italiyada odamlarning aksariyati Isroilga nisbatan salbiy qarashga ega. Yosh avlod va G‘arbiy Yevropada ijobiy qarashlar kamayishi Isroilning xalqaro obro‘siga va iqtisodiy istiqbollariga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

    Boshqa yangiliklar