Armanistonda parlament saylovlari bo‘yicha ovoz berish jarayoni tugallandi. Mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da saylov uchastkalari yopildi. Saylovchilarning ishtiroki 49 foizni tashkil etgan. Bu haqda NEXTA Live xabar berdi.
Nashr keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan rahbarligidagi “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi ovozlarning taxminan 56,7 foizini qo‘lga kiritmoqda.
Tadbirkor Samvel Karapetyanning "Kuchli Armaniston" partiyasi esa 17,5 foiz atrofida ovoz to‘plagan.
Hukmron partiya shtabi saylovoldi "sukut kuni"da qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 200 nafardan ortiq kishi ushlanganini ma’lum qildi. Ular orasida Rossiya tarafdori bo‘lgan faollar ham borligi aytilmoqda.
Ovoz berishdan keyin Nikol Pashinyan qisqa murojaat bilan chiqib, "Xayrli kech, men sizlarning barchangizni yaxshi ko‘raman", degan.






