AsosiyBU QIZIQ

Qaysi viloyat aholisi eng yosh?

2026 yil boshida O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil qildi.

'Qaysi viloyat aholisi eng yosh?'ning rasmi

O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2026 yil 1 yanvar holatiga respublika aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshga yetgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, poytaxt aholisining o‘rtacha yoshi 32,7 yoshni tashkil qilgan.

Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati (31,1 yosh), Toshkent viloyati (31 yosh), Navoiy viloyati (30,1 yosh) va Farg‘ona viloyati (30 yosh) qayd etilgan.

Eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, ushbu hudud aholisining o‘rtacha yoshi 27,4 yoshni tashkil etgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 27,7 yosh, Jizzax viloyatida 28,4 yosh va Samarqand viloyatida 28,5 yosh bo‘lgan.

Qolgan hududlarda aholining o‘rtacha yoshi quyidagicha shakllangan:

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 29,8 yosh;
— Andijon viloyati – 29,5 yosh;
— Xorazm viloyati – 29,5 yosh;
— Namangan viloyati – 29 yosh;
— Sirdaryo viloyati – 28,7 yosh.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekistonda hafta davomida havo harorati 40 darajagacha ko'tariladi.'ning rasmi

    BU QIZIQ Bugun 02:25

    O'zbekistonda hafta davomida havo harorati 40 darajagacha ko'tariladi.

    Sinoptiklarga ko‘ra, hafta davomida mamlakatning aksariyat hududlarida quruq va issiq ob-havo ustunlik qiladi.

    'Markaziy banklar oltin xaridini oshirdi'ning rasmi

    BU QIZIQ 07.06.2026 04:00

    Markaziy banklar oltin xaridini oshirdi

    O'zbekiston 24 tonna oltin xarid qilib, Polsha bilan birga yetakchi xaridorlar qatoriga kirgan.

    'Dam olish kuni ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    BU QIZIQ 07.06.2026 02:53

    Dam olish kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

    Sinoptiklar ayrim hududlarda kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

    '12 avgust kuni noyob to'liq Quyosh tutilishi kuzatiladi'ning rasmi

    BU QIZIQ 06.06.2026 16:14

    12 avgust kuni noyob to'liq Quyosh tutilishi kuzatiladi

    Hodisa Grenlandiya, Islandiya, Portugaliya va Ispaniyaning shimoliy hududlarida toʻliq, Yevropa, Afrika hamda Shimoliy Amerikaning katta qismida esa qisman kuzatiladi.

    'Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi'ning rasmi

    BU QIZIQ 06.06.2026 03:57

    Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi

    Oʻzgidromet 6 iyun kuni kutilayotgan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

    ''ning rasmi

    BU QIZIQ 05.06.2026 11:02