AsosiyJamiyat

Sirdaryoda to‘rt nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtomobil kanalga tushib ketdi

Fojia oqibatida barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan, haydovchi esa omon qolgan.

'Sirdaryoda to‘rt nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtomobil kanalga tushib ketdi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatida to‘rt nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtomobil kanalga tushib ketishi oqibatida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Fojia oqibatida barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan, haydovchi esa omon qolgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 26 dekabr kuni taxminan soat 21:30 larda sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi futbol o‘yinidan keyin to‘rt nafar tanishini stadiondan olib, ularning uyi tomon yo‘l olgan. Yo‘lda u boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘lovchilar bilan birga kanalga tushib ketgan.

Haydovchi cho‘kayotgan avtomashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan va shifoxonaga yotqizilgan. 19–20 yoshli to‘rt nafar yo‘lovchi esa halok bo‘lgan. Ular bir mahallada yashagani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Zelenskiy Trump bilan muzokaralar yakunlarini ochiqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    Zelenskiy Trump bilan muzokaralar yakunlarini ochiqladi

    Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Floridada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xavfsizlik kafolatlari, Ukrainani tiklash va keyingi siyosiy qadamlar bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilganini ma’lum qildi.

    'Oʻzbekistonning 6 ta viloyatida qor koʻchishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:56

    Oʻzbekistonning 6 ta viloyatida qor koʻchishi mumkin

    "O'zgidromet" 31 dekabr hamda 5 yanvar kunlari tog'li hududlarda qor ko'chishi xavfi mavjudligini ma'lum qildi.

    'Oʻzbekiston Afgʻonistonga 390 tonna insonparvarlik yordamini yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:48

    Oʻzbekiston Afgʻonistonga 390 tonna insonparvarlik yordamini yubordi

    Yordam tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va tibbiy uskunalar mavjud.

    'Turkiya va Armaniston viza tartibini yengillashtirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:50

    Turkiya va Armaniston viza tartibini yengillashtirdi

    2026 yil 1 yanvardan Armaniston va Turkiya diplomatik, xizmat va maxsus pasport egalari uchun vizalarni elektron tarzda, bepul olish imkoniyatini yo‘lga qo‘yadi.

    'Uzbekistan Airways’ning ikkita reysi Urganchga qo‘na olmadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:12

    Uzbekistan Airways’ning ikkita reysi Urganchga qo‘na olmadi

    Noqulay ob-havo sabab Moskva va Sankt-Peterburgdan kelgan reyslar Buxoroga yoʻnaltirildi.

    'Bayram kunlarida Toshkent metropolisi va avtoturargohlarda ish tartibi o‘zgaradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:34

    Bayram kunlarida Toshkent metropolisi va avtoturargohlarda ish tartibi o‘zgaradi

    Yangi yil arafasida metro uzaytirilgan rejimda ishlaydi, avtoturargohlar esa bir necha kun bepul bo‘ladi.