AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonning 6 ta viloyatida qor koʻchishi mumkin

"O'zgidromet" 31 dekabr hamda 5 yanvar kunlari tog'li hududlarda qor ko'chishi xavfi mavjudligini ma'lum qildi.

'Oʻzbekistonning 6 ta viloyatida qor koʻchishi mumkin'ning rasmi

Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlaridagi tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli xavf mavjud.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Ob-havo prognoziga ko‘ra, yanvar oyining birinchi o‘n kunligida yog‘ingarchilik ehtimoli kam, ikkinchi o‘n kunlikda harorat pasayadi, uchinchi o‘n kunlikda esa shimoliy hududlarda kechasi -15…-20 °C gacha sovuq bo‘lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar