AsosiyJamiyat

"green card" vizalari berilishi vaqtincha toʻxtatildi

30 dekabrdan boshlab AQSH Turli millatga mansub immigrantlar vizasi (DV) dasturi bo‘yicha viza berishni to‘xtatdi.

'"green card" vizalari berilishi vaqtincha toʻxtatildi'ning rasmi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qilishicha, DV dasturiga murojaatchilar viza uchun ariza topshirishi va suhbatdan o‘tishi mumkin, biroq hozircha vizalar rasmiylashtirilmaydi. Belgilangan suhbat sanalari bekor qilinmaydi yoki ko‘chirilmaydi.

Qaror Braun universiteti va MIT’dagi otishmalar ortidan qabul qilingan bo‘lib, AQSh Prezidenti Donald Trump topshirig‘iga asosan “grin karta” lotereya dasturi vaqtincha to‘xtatilgan.

Elchixona qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan jamoatchilikni xabardor qilishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar