Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 2025 yil 24 dekabrdan 25 dekabrgacha o‘tar kechasi Moskvada shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda unga yaqin manbaga tayanib, "Novaya gazeta. Yevropa" xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Davlat kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun poytaxtga borgan. Biroq uning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u reanimobil orqali Rossiya prezidenti ishlar boshqarmasiga qarashli Markaziy klinik shifoxonaga etkazilgan. Natijada Davlat kengashi yig‘ilishi Checheniston vakillasisiz o‘tgan.
Nashr manbasiga ko‘ra, Qodirov Moskvada shifokorlar tomonidan zo‘rga o‘ziga keltirilgan, shundan so‘ng u Chechenistonga qaytgan va shu paytdan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil boshida ham Qodirov Grozniydagi xususiy klinikaga yotqizilgan va shundan keyin uning ahvoli yomonlashib borgani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq u yil davomida o‘z sog‘lig‘iga oid mish-mishlarni bir necha bor rad etgan.
Ayrim manbalar Qodirovda buyrak yoki oshqozon osti bezi bilan bog‘liq jiddiy muammolar bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda. Biroq rasmiy tashxis haqida aniq ma’lumot berilmagan.






