AsosiyDunyo

2025 yil jurnalistlar uchun eng xavfli yil bo‘ldi.

Dunyoda 128 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi.

'2025 yil jurnalistlar uchun eng xavfli yil bo‘ldi.'ning rasmi

2025 yilda dunyo bo‘ylab 128 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimi halok bo‘lgan. Ular orasida 10 nafar ayol ham bor. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (XJF) xabar berdi. Statistika baxtsiz hodisalar oqibatida yuz bergan to‘qqizta o‘lim ham kiritilgan.

Taqqoslash uchun, 2024 yilda 122 nafar jurnalist hayotdan ko‘z yumgan edi. XJF rahbari Entoni Bellanjega ko‘ra, bu o‘sish jurnalistlar uchun xavf darajasi nihoyatda yuqori ekanini ko‘rsatadi. Tashkilot hukumatlarni OAV xodimlarini yetarlicha himoya qila olmayotganlikda tanqid qildi va 2026 yilda zo‘ravonlik hamda jazosizlikka barham berish uchun qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi.

Federatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda jurnalistlar o‘limining 58 foizi Yaqin Sharq va arab mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Eng ko‘p qurbonlar Yamanda (13 nafar), Ukrainada (8 nafar) va Sudanda (6 nafar) qayd etilgan. Shuningdek, jurnalistlar va ularning transport vositalariga dronlar orqali hujumlar xavotirli tendensiya sifatida tilga olingan.

XJF 1990 yildan buyon jurnalistlar o‘limi bo‘yicha statistikani yuritib keladi. Shu davr mobaynida jami 3173 nafar jurnalist halok bo‘lgan. 2025 yil oxiriga kelib esa dunyo bo‘ylab 533 nafar jurnalist qamoqda saqlanayotgani ma’lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar