Axborot va kommunikatsiyalar vaziri Freddi Nyanesga ko‘ra, komissiyani tashkil qilish qarori 4 yanvar kuni vazirlar mahkamasi yig‘ilishida qabul qilingan.
Vaqtinchalik prezident Delsi Rodriges komissiyaga rahbarlik qiladi, uning akasi – Milliy assambleya raisi Xorxe Rodriges va Tashqi ishlar vaziri Ivan Xil ham hamraislar sifatida ish olib boradi. Komissiya tarkibiga axborot vaziri Freddi Nyanes ham kiritilgan.
Hozircha komissiyaning AQSh bilan qanday muzokara olib borishi va qo‘shimcha rejalari haqida ma’lumot berilmagan.
Maduro va rafiqasi allaqachon Nyu-Yorkdagi federal hibsga yetkazilgan, ayblanuvchilar qatorida ularning o‘g‘li – kichik Nikolas Maduro ham bor.






