Reytingda Abdusattorov 9-o‘rinni egallab, 16 ta yirik turnirda qatnashib, jami 361 811 AQSh dollari mukofot puli ishlab topdi. Uning eng katta bir martalik mukofoti 85 000 dollarni tashkil etdi.
Sindorov esa 10-o‘rinni band qilib, 11 ta yirik turnir natijalariga ko‘ra 349 955 dollar topdi. Uning eng katta yutuq‘i 120 000 dollar bo‘lib, FIDE Jahon kubogida qo‘lga kiritildi.
TOP-10 ro‘yxatda norvegiyalik Magnus Karlsen birinchi o‘rinni egallab, 16 ta musobaqada 1,4 million dollar mukofot puli ishlab topdi. Shuningdek, kuchli uchlikdan Fabiano Karuana va Levon Aronyan ham o‘rin olgan.






