AsosiyDunyo

Yevropada kuchli qor bo‘roni odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Yevropaning bir qator mamlakatlarida kuchli qor yog‘ishi transport harakatini izdan chiqardi.

'Yevropada kuchli qor bo‘roni odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi.'ning rasmi

So‘nggi kunlarda Yevropaning ko‘plab hududlarini kuchli qor qopladi. Fransiyaning janubi-g‘arbida 6 yanvar kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi. Parij atrofida yana 2 kishi avtohalokatlar sabab vafot etdi.

Avvalroq, 5 yanvar kuni kechqurun bir haydovchi avtomobili bilan Marna daryosiga tushib ketib, shifoxonada vafot etgan, yana bir kishi yuk mashinasi bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgan.

Bosniya va Gersegovina poytaxti Sarayevoda esa ayol kishi daraxt shoxi bosib qolishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

"Euronews" xabariga ko‘ra, Amsterdamdagi Schiphol aeroportida bir kun ichida qariyb 600 ta reys bekor qilingan. Bunga uchish-qo‘nish yo‘laklarini tozalash va samolyotlarga muzga qarshi ishlov berish zarurati sabab bo‘lgan. Sinoptiklar hafta davomida qor yog‘ishi davom etishini kutmoqda.

Kuchli sovuq Buyuk Britaniyaning shimoliy hududlarida ham qayd etildi — tunda havo harorati −12,5 darajagacha tushdi.

Qor yog‘ishi temiryo‘l, avtomobil va havo qatnoviga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yuzlab maktablar yopilishiga sabab bo‘ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Украинадаги жанжал июнь охиригача тугайдими?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:39

    Украинадаги жанжал июнь охиригача тугайдими?

    Ukraina prezidenti muzokaralar yangi bosqichga chiqqani va urush yaqin oylar ichida yakunlanishi ehtimoli borligini bildirdi.

    'Trump Kolumbiya prezidentini Oq uyga taklif qildi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:44

    Trump Kolumbiya prezidentini Oq uyga taklif qildi.

    Harbiy tahdidlardan so‘ng Donald Trump va Gustavo Petro ilk bor telefon orqali muloqot qildi.

    'Eronda namoyishlar zurovonlikka aylandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:26

    Eronda namoyishlar zurovonlikka aylandi

    Chahormahal va Baxtiyoriy viloyatidagi Lordegon shahrida politsiya va namoyishchilar o'rtasida to'qnashuvlar yuz berdi.

    'Venesuelada AQSh hujumi oqibatida 100 kishi halok boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:00

    Venesuelada AQSh hujumi oqibatida 100 kishi halok boʻldi

    Каракасда уюштирилган ҳужум чоғида асосан ёшлар қурбон бўлгани айтилмоқда. Расмий Каракас буни ҳарбий тажовуз деб атади.

    'AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:14

    AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda

    Donald Trump AQShning o‘nlab xalqaro tuzilmalardagi a’zoligini to‘xtatish haqida memorandum imzoladi.

    'Suriya armiyasi va kurd kuchlari Halabda yana to‘qnashdi'ning rasmi

    Dunyo 07.01.2026 16:58

    Suriya armiyasi va kurd kuchlari Halabda yana to‘qnashdi

    Halab shahrida hukumat qo‘shinlari va Suriya Demokratik kuchlari o‘rtasida janglar qayta avj oldi.