AsosiySport

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi

Oʻzbekiston Livanga qarshi uchrashuvda 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

'O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi'ning rasmi

7 yanvar kuni Saudiya Arabistonida o‘tayotgan Osiyo kubogida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘z ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. "C" guruhining 1-turida Livanga qarshi maydonga tushgan o‘zbekistonliklar minimal ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinni to‘liq nazorat qildi. 24-daqiqada Amirkbek Saidov hisobni ochdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taym boshida Xayrullayev (50-daqiqa) hamda Bahromov (57-daqiqa) gol urdi va hisob 3:0 ko‘rinishiga keldi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida livanliklar faollashib, Farah Shahin 65-daqiqada va qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, hisobni 3:2 ga yetkazdi. Biroq bu Livan jamoasi uchun kamlik qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Livan, Eron va Janubiy Koreya bilan birga harakat qilmoqda. Guruh bosqichidagi navbatdagi o‘yinlar 10 va 13 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

    Boshqa yangiliklar