AsosiyJamiyat

My.gov.uz’da yangi xizmat ishga tushdi

Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portalida O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga obektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruhsatnoma olish uchun elektron ariza yuborish yangi xizmati ishga tushirildi.

Arizani ko`rib chiqish uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 martdagi “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo`jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun er uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko`rinishini o`zgartirishni (fasadini ta`mirlashni) kelishishning, shuningdek obektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o`tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 70-sonli qaroriga ko`ra ruxsatnoma berishga quyidagi miqdorda mablag` undiriladi: eng kam oylik ish haqining 10% - Nukus shahri va viloyat markazlari uchun; eng kam oylik ish haqining 20% - Toshkent shahri uchun; eng kam oylik ish haqining 30% - viloyatning shahar va tuman hududlari uchun.

Xizmat natijasi bo`lib, 6 kundan ortiq bo`lmagan muddatda obektni ixtisoslashtirish va qayta rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma olish haqida arizachiga xabarnoma yuborish hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar