AsosiyJamiyat

Toshkentda havo sifati yomonlashmoqda

Ekologlar 16-17 yanvargacha noqulay meteorologik sharoyitlar davom etishini ma'lum qildi.

'Toshkentda havo sifati yomonlashmoqda'ning rasmi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinning ma’lum qilishicha, havo sifatiining pasayishi kunduzgi va kechki haroratning 14 darajagacha farq qilishi, tuman tushishi va shamol tezligining kamayishi bilan bog‘liq. Bu sharoitlar ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini qiyinlashtirmoqda.

Hozirda maxsus komissiya faoliyatini davom ettirib, sanoat va xo‘jalik obyektlarida ekologik nazorat va tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Toshkent shahridagi 12 va Toshkent viloyatidagi 22 korxonada tekshiruvlar olib borilib, ifloslantiruvchi transport vositalariga ma’muriy choralar qo‘llandi.

Mutaxassislar shuni ta’kidlaydiki, 16-17 yanvargacha noqulay sharoitlar saqlanadi, keyin esa antisiklonlar kelishi bilan havo sifati normallashadi. Davlat organlari kuchaytirilgan rejimda ish olib borib, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirradi.

    Boshqa yangiliklar