AsosiyJamiyat

Toshkentda qoidabuzar haydovchi uchta avtomobilni urib ketdi

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

'Toshkentda qoidabuzar haydovchi uchta avtomobilni urib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahri Sergeli tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 yanvar kuni soat 16:50 larda Qipchoq ko‘chasida BYD rusumli avtomashina haydovchisi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib, ikkinchi darajali yo‘ldan orqaga qayrilayotgan Nexia-3 rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng u to‘xtab turgan Cobalt rusumli avtomobilni ham urib ketgan.

Qayd etilishicha, BYD avtomashinasini boshqargan shaxsda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan va u transport vositasini boshqarish ko‘nikmasiga ega emas. To‘qnashuvdan so‘ng u sarosimaga tushib, qisqa masofaga harakatlangan holda to‘xtagan. Haydovchi YTH joyini tark etmagan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda usbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar organlari barcha yo‘l harakati qatnashchilarini qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:28

    Dollar kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:14

    'Quyoshda katta portlash yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:21

    Quyoshda katta portlash yuz berdi

    Bu haqida Markaziy Osiyo (CA) – Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

    'Shofirkonda Damas va Labo omaviy ushlab turilgani haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:37

    Shofirkonda Damas va Labo omaviy ushlab turilgani haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi.

    Buxoro viloyati IIB Shofirkon tumanida yuzlab Damas va Labo avtomashinalari hujjatsiz ushlab turilgani haqidagi xabarlar asossiz ekanini maʼlum qildi.

    'PSJ penaltilar seriyasida "Marsel"ni yengib, Fransiya Superkubogini qo'lga kiritdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:03

    PSJ penaltilar seriyasida "Marsel"ni yengib, Fransiya Superkubogini qo'lga kiritdi

    Quvaytda bo‘lib o‘tgan Frantsiya Superkubogi finalida "Pari Sen-Jermen" dramatik bahsda "Marsel"dan ustun keldi va sovrinni ketma-ket to‘rtinchi bor qo‘lga kiritdi.

    'Buxoroda Telegram’da rahbar nomidan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan shaxs ushlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:14

    Buxoroda Telegram’da rahbar nomidan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan shaxs ushlandi.

    U o‘zini viloyatdagi nufuzli tashkilot rahbari sifatida tanishtirib, “xizmat topshirig‘i” bahonasida pul so‘ragan.