AsosiyJamiyat

Тожикистонда содир бўлган зилзила Ўзбекистонда ҳам сезилди

Zilzila soat 02:14 da Tojikiston hududida sodir bo‘lgan.

'Тожикистонда содир бўлган зилзила Ўзбекистонда ҳам сезилди'ning rasmi

Tojikiston Respublikasida sodir bo‘lgan yer qimirlashi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bugun, 9 yanvar kuni soat 02:14 da Tojikiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 477 km janubi-sharqda joylashgan. Magnituda: 5,3. Chuqurligi: 139 km. Epitsentr: Tog‘li Badaxshon, Tojikiston. Koordinatalari: 38,39 daraja shimoliy kenglik, 73,37 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 260 km.

Andijon viloyatida 2 ball, 285 km.

Namangan viloyatida 2 ball, 325 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan yer qimirlashi O‘zbekistonda ham sezilgandi.

    Boshqa yangiliklar