AsosiyJamiyat

Shofirkonda Damas va Labo omaviy ushlab turilgani haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi.

Buxoro viloyati IIB Shofirkon tumanida yuzlab Damas va Labo avtomashinalari hujjatsiz ushlab turilgani haqidagi xabarlar asossiz ekanini maʼlum qildi.

'Shofirkonda Damas va Labo omaviy ushlab turilgani haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi.'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, 7 yanvar kuni Shofirkon tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola tan jarohati bilan shifoxonaga olib kelingan. Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, bola velosipedda harakatlanayotgan vaqtda oq rangli Damas avtomashinasi bilan to‘qnashgan, haydovchi esa hodisa joyini tark etgan.

Gumonlanuvchi va transport vositasini aniqlash maqsadida tumanda harakatlangan oq rangli Damas va Labo avtomobillari vaqtincha tekshiruvdan o‘tkazilgan. IIB ma’lumotiga ko‘ra, barcha mashinalar qonuniy tartibda ko‘zdan kechirilgan va huquqbuzarlik aniqlanmagan holatlarda darhol egalariga qaytarilgan.

9 yanvar holatiga gumonlanuvchi shaxs aniqlandi, u o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunchilik doirasida protsessual choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, haydovchilarning uzoq vaqt asossiz ushlab turilgani haqidagi xabarlar rasmiy tasdiqini topmagan. IIB barcha harakatlar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jinoyatni fosh etish maqsadida amalga oshirilganini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar