Laboratoriyaga ko‘ra, kun o‘rtalarida Quyoshda katta portlash kuzatilgan, koronograflardan olingan tasvirlarda turli yo‘nalishlarga uchib ketayotgan modda aks etgan.
Olimlarning bildirishicha, portlash manbai Quyoshning orqa tomonida joylashgan. Shu sababli hozircha hech bir sun’iy yo‘ldosh tomonidan bevosita kuzatilmagan.
“Ikki hafta avval, hozir ko‘rinmayotgan Quyosh tomoni Yerga qaratilgan paytda, u yerda alohida e’tiborga molik holatlar kuzatilmagan, faqat o‘rta kattalikdagi bir nechta faol hududlar bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Astronomlarning aytishicha, agar bu portlash o‘sha faol hududlardan biri bilan bog‘liq bo‘lsa, chiqish yo‘nalishiga qaraganda, yorqin chaqnash o‘sha paytda Quyosh diskining ko‘rinib turgan qismida – ekvatordan pastda, o‘ng tomonda joylashgan dog‘lar guruhida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Portlash joyini bevosita ko‘z bilan ko‘rish faqat taxminan bir haftadan so‘ng, ya’ni dog‘lar guruhi Quyoshning chap ufqi ortidan Yer tomonga chiqa boshlaganda mumkin bo‘ladi.






