Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida ayol va uning 5 oylik bolasi molxonada majburan saqlanganligi aniqlandi edi.
O‘tgan yilning avgust oyida IIBga tushgan xabar asosida mahalla inspektori molxona eshigini buzib kirgan va 1997 yilda tug‘ilgan X.G. va uning bolasini og‘ir sharaitda saqlayotgan xonadon egasi Sh.A. hamda yaqin qarindoshlari aniqlandi.
Jinoiy ishlar bo‘yicha Uzun tuman sudining hukmi bilan:
Sh.A. — 13 yil,
M. Sh. va K. Sh. — 9 yil,
Z. A. — 5 yil muddatga ozodlikdan cheklash/jazo olgan.
Ular oilaviy zo‘ravonlik, odam savdosi va g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Jabrlanuvchilar zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.






