12 yanvar holatiga ko‘ra, 5 grammli quyma oltin ilk bor 9 million so‘mdan oshdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bugun quyma oltin narxlari quyidagicha belgilandi: 5 gramm — 9 million 10 ming so‘m, 10 gramm — 18 million 20 ming so‘m, 20 gramm — 36 million 40 ming so‘m, 50 gramm — 90 million 100 ming so‘m, 100 gramm — 180 million 200 ming so‘m.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 yanvar kuni Markaziy bank ilk bor oltin quymalarini qaytarib olish narxlarini e’lon qilgan edi. O‘shanda 5 grammli quyma oltin narxi 8 million 735 ming so‘mni tashkil etgan. 12 yanvar holatiga kelib esa narx sezilarli darajada oshgan.






