AsosiyJamiyat

Andijon viloyat hokimi aholi bilan muloqot o`tkazdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tuman va shaharlarda aholi vakillari bilan muloqotlar o`tkazmoqda. 

Marhamat tumanidagi "Alitepa" mahalla fuqarolar yig`inida o`tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda aholi turmush farovonligini yuksaltirish, qurilish, obodonlashtirish, xalqimiz uchun qulay yashash sharoiti yaratish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta`kidlandi, deb xabar beradi O`zA. 

Uchrashuvda mahallada echimini kutayotgan masalalar, xususan, mahalla hududidagi 7-umumta`lim maktabida sport zali yo`qligi, ko`cha va yo`llarni ta`mirlash, elektr energiyasi va suv ta`minotini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o`rinlari yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta`minlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Viloyat hokimi ko`tarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi. 

Bunday muloqotlar Andijon shahri, Oltinko`l, Baliqchi va Izboskan tumanlarida ham bo`lib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar