Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo o'zgaruvchan bo'ladi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. Shamol g'arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja iliq bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o'zgaruvchan bo'ladi, ba'zi joylarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, ba'zi joylarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo'ladi.
Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.
Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, ba'zi joylarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo'ladi.






