AsosiyJamiyat

Россия ТИВ Соловьёвнинг Марказий Осиё ҳақидаги сўзларига муносабат билдирди

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Markaziy Osiyo davlatlari va Armaniston haqida aytgan fikrlari Moskva rasmiy pozitsiyasini ifoda etmasligini ma'lum qildi.

'Россия ТИВ Соловьёвнинг Марказий Осиё ҳақидаги сўзларига муносабат билдирди'ning rasmi

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Vladimir Solovyovning "Solovyov Live" xususiy kanalida bildirgan bayonotlari uning shaxsiy fikri ekanini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, teleboshlovchining gaplari tasdiq emas, savol shaklida bildirilgan.

Zaxarova ayrim tahlilchilar bu fikrlarni Rossiyaning rasmiy pozitsiyasi sifatida talqin qilayotganini noto‘g‘ri, deb atadi. "Rasmiy nuqtai nazar faqat vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan bildiriladi", dedi u.

Shuningdek, u Rossiyani Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tarixan yaxshi qo‘shnichilik, strategik hamkorlik va qardoshlik munosabatlari bog‘lab turishini ta'kidlab, Moskva bu davlatlar bilan aloqalarini amaliy ishlar orqali namoyon etib kelayotganini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar