AsosiyJamiyat

Andijonda "Shayton" laqabli jinoyiy guruh fosh etildi.

Fuqarolarni qurol bilan qoʻrqitib, kriptovalyuta orqali katta miqdorda pul undirgan guruh aʼzolari qoʻlga olindi.

'Andijonda "Shayton" laqabli jinoyiy guruh fosh etildi.'ning rasmi

Andijon viloyatida odamlarni qurol va o‘tkir tig‘li jismlar bilan tahdid qilib, pul va kriptoaktivlarni tovlamachilik yo‘li bilan o‘zlashtirib kelgan uyushgan jinoyiy guruh fosh etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, IIV tezkor-qidiruv departamenti, uning hududiy bo‘linmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida “Shayton”, “Hoji” va “Muftiy” laqablari bilan tanilgan shaxslar qo‘lga olingan. Ular o‘zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organ hodimi sifatida tanishtirib, kriptoayirboshlam bilan shug‘ullangan fuqaroni qo‘rqitish orqali 100 ming AQSh dollariga teng kriptovalyutani noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan.

Shuningdek, guruh a’zolari ko‘chada oddiy fuqarolarga nisbatan ham zo‘ravonlik qilgani, ayrim holatlarda chet elda ham jinoyatlar sodir etgani aniqlangan. Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tovlamachilik, talonchilik va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar organlari ushbu guruh harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolarni 102 raqamiga murojaat qilishga chaqirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sovuqlar sabab energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:54

    'Taftish.uz ishi: IIV tergovdan yangi tafsilotlarni ochiqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:23

    Taftish.uz ishi: IIV tergovdan yangi tafsilotlarni ochiqladi

    Ichki ishlar vazirligi Taftish.uz nashri xodimlari ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qildi.

    '"Afrosiyob" poyezdlari chiptalari 15 foizga qimmatlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:18

    "Afrosiyob" poyezdlari chiptalari 15 foizga qimmatlandi

    1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari narxi 15 foizga oshirildi.

    'Dollar kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:14

    Dollar kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Namanganda 21 kgdan ortik giyohvandlik moddasi musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:47

    Namanganda 21 kgdan ortik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

    Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mamlakati mizga kontrabanda yo‘li bilan olib kiritilgan yirik miqdordagi narkotik vositalar qo‘lga olindi.

    'Vazirliklarda eng koʻp kitob oʻqigan xodimlar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:58

    Vazirliklarda eng koʻp kitob oʻqigan xodimlar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi

    O‘zbekistondagi barcha vazirlik va idoralarda kitobxonlikni oshirish maqsadida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga bir oylik ish haqi miqdorida mukofot beriladi.