AsosiyJamiyat

Bugun respublika bo‘ylab qor yog‘ishi kutilmoqda

17 yanvar kungi ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.

'Bugun respublika bo‘ylab qor yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi
O‘zgidrometning xabar berishicha, 17 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi kutilmoqda. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib (yomg‘ir, qor), tuman tushishi kutilmoqda. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib (yomg‘ir, qor), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib (yomg‘ir, qor), tuman tushishi kutilmoqda. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin.  Qor ko‘chishi havfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.  Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar