Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan mazkur loyiha mamlakatdagi barcha ilmiy-tadqiqot infratuzilmalari haqidagi ma’lumotlarni yagona markazlashtirilgan axborot resursi sifatida jamlab, ularni samarali boshqarish imkonini beradi. Bu haqda innovatsion rivojlanish agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ilm-fan va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ilmiy infratuzilmalardan foydalanish samaradorligi prognozlanishi va optimallashtirilishiga oid tahllilarning sun’iy intellekt texnologiyalari orqali amalga oshirilishi natijasida vaqt va resurslarning tejalishiga erishiladi. Platforma sohada ochiqlik, shaffoflik hamda hamkorlik aloqalarining yanada kuchayishiga ham xizmat qiladi.
Mutaxassislar ushbu platforma ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, takroriy xarajatlarni kamaytirish, respublikamizning turli hududlarida tashkil etilgan ilmiy laboratoriyalarning imkoniyatlaridan to‘liq va maqsadli foydalanishga xizmat qilishini ta’kidlamoqdalar.
Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida respublikada ilm-fanning raqamli kelajagini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biriga aylanishi kutilayotgan platforma joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Bugun 05:17
Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Platforma sohada ochiqlik, shaffoflik hamda hamkorlik aloqalarining yanada kuchayishiga ham xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar

Hi-Tech 03.09.2025 02:28
Yunonistonning Olimpiya shahrida ilk bor "robo-olimpiada" boshlandi
Mutaxassislar buni ijobiy baholab, yana koʻproq tomoshabinlar namoyish etilishini soʻrashmoqda.

Hi-Tech 28.05.2025 04:58
Ilon Maskning raketasi havoda parchalanib ketdi
Raketa boshqaruvsiz tarzda Yer atmosferasiga kirib kelgan.

Hi-Tech 25.04.2025 04:34
2030-yilda sun’iy intellekt insoniyatni yo‘q qilishi mumkinmi?
AQShdagi “AI Futures Project” tashkiloti olimlari yaqin yillarda sun’iy intellekt qanday rivojlanishini taxmin qilishga harakat qildi.

Hi-Tech 20.02.2025 04:23
Apple yangi “iPhone 16e” modelini taqdim etdi
Ushbu yangilanish sabab endilikda iPhone SЕ va iPhone 14 modellarining ishlab chiqarilishi to‘xtatildi.

Hi-Tech 29.01.2025 06:55
ChatGPT va DeepSeek qiyoslanganda DeepSeek Xitoy hukumati senzurasi ostida ekani aniqlandi
DeepSeek va ChatGPT nozik mavzularga xos savollarga javob berdi?
