1

Shahzoda Matchonova o`zining shaxsiy hayotini muhokama qilayotganlarga javob qaytardi

Shou-biznes 22.12.2016, 10:30
Teglar: Shahzoda Matchonova
Shahzoda Matchonova o`zining shaxsiy hayotini muhokama qilayotganlarga javob qaytardi

Joriy yilning 25 noyabr kuni Toshkentdagi  “Yakkasaroy” to`yxonasida aktrisa Shaxzoda Matchonova Omar ismli yigitga turmushga chiqqani xaqida xabar bergan edik.  Shahzodaning to`yi ijtimoiy tarmoqlarda ancha paytgacha qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi. 

26 noyabrdan bu to`y bilan bog`liq avvaliga gumonlar keyin esa g`alati xabarlar, ketidan esa umuman mantiqqa zid ma`lumotlar yog`ila boshladi. 

Xususan, izohlarda odamlar kuyov haqida turli ma`lumotlar yoza boshladi. Ya`ni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Omar ismli yigit aslida Muzaffar ekanligi, hatto kuyovning eng yaqinlari ham to`y xaqida internetdan bilishganidan hayratda ekanliklari yozgan.  

“Sayyod.com” nashri Shahzodaning turmush o`rtog`i Omar haqida to`liq ma`lumot keltirdi

Nashrning ma`lum qilishicha, Omarning asli ismi Muzaffar. 

Masharifov Muzaffar Mirayimovich 28 sentyabrda tug`ilgan, o`zbek, 9 oyligida otasi vafot etgan, onasi bilan Turkiyadagi Istanbul shahrida ishlab, istiqomat qilishgan. O`zbekistonda bir vaqtlar judayam mashxur va taniqli bir guruhdagi solistlarning jiyani. Turkiyaning futbol jamoalaridan birida to`p suradi va shu taraflama ko`pchilik uni yaxshi taniydi.   

Aktrisa Shahzoda Matchonova shaxsiy hayoti internet foydalanuvchilari tomonidan muhokama qilinaverishidan charchagan ko`rinadi. U bunday muhokamalarga Facebook`dagi sahifasi orqali javob qaytarishga qaror qildi. 

“Oyi, nimaga qo`shnimiz kimga uylangani, tanishim kim bilan uchrashishi, haligi klipmeykerning xotini kecha qanaqa kiyimda ekanligi,birovning puli bor-yo`qligi, men haqimda yomon fikrlaydigan ayolning o`tmishi menga baribir, o`zining sobiq sevgilisi haqida yomon gaplarni gapiradigan odamlar bilan ishim yo`q. Menga kimning nimada yurishi, biror insonning turmush tarzi, uning dini, millati, kasbi umuman qiziq emas, baribir. 

Men hech qachon hech kimni gapirmayman, muhokama qilmayman, oyi... Bu men Yaratgandan qo`rqqanim uchunmi yoki siz meni shunday tarbiyalaganmisiz, oyi?”,—deb yozdi Shahzoda.

Sharhlar

​Shahzoda Matchonova: “Shaxsiy hayotimdan ko`nglim xotirjam!”

08.02.2017, 10:32

“Darakchi” gazetasida berib boriladigan “10 qaltis savol” loyihasi qayta tiklandi. Loyiha mehmoni iste`dodli aktrisa Shahzoda MATChONOVA... 1. Shahzoda, aktrisa bo`lishni orzu qilib yurgan kezlaringizda ilk...
​Shahzoda Matchonova Nilufar Usmonovaning “Kel ikkimiz” klipida o`z hayotini aks ettirganmi?

30.01.2017, 16:38

“Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasida aktrisa Shahzoda Matchonova ishtirok etdi va qaltis savollarga javob qaytardi. Xususan, “Ko`pchilikning fikricha, dugonangiz, xonanda Nilufar Usmonovaning ‘Kel ikkimiz’...
Yigitali Mamajonov va Shahzoda Matchonova “Ummon” guruhining yangi klipida suratga tushdi

20.01.2017, 11:42

“Ummon” guruhi “Sen meniki emassan” qo`shig`iga klip suratga oldirdi. Mazkur klipdagi bosh rollarni aktyor Yigitali Mamajonov va Shahzoda Matchonova ijro etdi. Buni aktyorlarning ijtimoiy tarmoqlarga...
Shahzoda Matchonova tojikistonlik xonandaning klipida suratga tushmoqda(Foto)

16.01.2017, 12:23

Aktrisa Shahzoda Matchonova tojikistonlik xonanda Mehrnigori Rustamning klipida suratga tushmoqda. Suratga olish ishlari Toshkentdagi Lotte City Hotel Tashkent mehmonxonasida bo`lib o`tmoqda. Bu haqda stilist va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1