AsosiyDunyo

Shvarsenegger chumchuq bilan nonushta qildi (Video)

Afsonaviy Gollivud aktyori Arnold Shvarsnegger o`zining Tvitter sahifasiga nonushtasini chumchuq bilan baham ko`rayotgani aks etgan videolavhani joylashtirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru”nashri. 

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor stol atrofida o`tirib, nonushta qilayotgani aks etgan. Yoniga uchib kelgan chumchuqqa u non bo`laklarini tutgan. Aktyor o`zining bu harakatini “Nonushtamni boshqalar bilan birga baham ko`rishni yoqtiraman”, deb izohlagan.

Videorolik 1,7 ming retvit va 4,5 ming layk to`plagan. Shvarsneggerning o`zini ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari “himoyasiz va och-nahor qushlarning do`sti”, deb nomlagan.

Boshqa yangiliklar