AsosiyJamiyat

Dubayda oʻzbekistonliklar oʻlimga hukm qilinishi rad etildi

ТИВ darakchi.uz’нинг сўровига жавоб берди.

'Dubayda oʻzbekistonliklar oʻlimga hukm qilinishi rad etildi'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 2025 yil aprel oyida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida O‘zbekiston fuqarolaridan olti nafari o‘lim jazosiga, yana bir kishi esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida darakchi.uz Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi.  

“2025 yilning aprel oyida Amirlik hududida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarolariga joriy yilning 21 yanvar kuni sud hukmi bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, bir nafar fuqaroga 25 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan”, - dedi TIV matbuot kotibi. 

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil aprel oyida Dubaydagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida o‘zbekistonliklardan iborat ikki guruh o‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz bergan. Mojaro oqibatida bir kishi pichoq zarbasidan vafot etgan, yana bir shaxs og‘ir tan jarohati olib komaga tushgan. Keyinchalik komadagi jabrlanuvchi ham vafot etib, qurbonlar soni ikki nafarga yetgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, oldindan kelishmovchiligi bo‘lgan ikki guruh a’zolari tasodifan uchrashib qolgan. Qizil rangli Mercedes avtomobilidan tushgan shaxsga bir necha kishi hujum qilib, uni pichoqlagan, uning sherigi esa qochishga uringan, biroq qo‘lga olinib kaltaklangan. Dubay polisi voqea joyini o‘rab olib, kuzatuv kameralari yozuvlari va guvohlar ko‘rsatmalari asosida gumonlanuvchilarni tez fursatda aniklagan va mehmonxonalardan birida qo‘lga olgan.

Keyinchalik ushbu ish doirasida jami 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingani ma’lum qilingan edi. Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi bunday holatlar ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston TIV fuqarolarni xorijda mamlakat obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlardan tiyilishga chaqirdi. Mazkur voqealaridan keyin esa ayrim o‘zbekistonliklarning BAAga kirishida muammolar kuzatilgani qayd etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:03

    'DHX va IIV hamkorligida jinoyatchilikka qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 8 kishi qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:28

    DHX va IIV hamkorligida jinoyatchilikka qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 8 kishi qo‘lga tushdi

    Respublikaning 6 hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkotik va psixotrop dori savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan tortib, xonadonida qimorxona tashkil qilgan “biznesmen” ham qo‘lga olindi.

    '“Bunday muhim tadbir 37 yilda birinchi marta o‘tkazilyapti” - Prezident'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:30

    “Bunday muhim tadbir 37 yilda birinchi marta o‘tkazilyapti” - Prezident

    Davlat rahbari videoselektor yig‘ilishi so‘ngida barcha yurtdoshlarimizni ro‘yxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

    'Endi 37 ta "og'ir" tumanlarda ba'zi turdagi kreditlar 12 foizdan beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:17

    Endi 37 ta "og'ir" tumanlarda ba'zi turdagi kreditlar 12 foizdan beriladi

    Бу ҳақда Президент видеоселектор йиғилишида маълум қилди.

    'Jizzahda alkotesterlar orqali haydovchilardan pul undirib kelgan YПX xodimi qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:54

    Jizzahda alkotesterlar orqali haydovchilardan pul undirib kelgan YПX xodimi qoʻlga olindi

    Tezkor tadbirlar jarayonida pora o‘tkazilgan bank kartasi egasi G‘allaorol tumani «Baxt» mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan shaxs ekani, u jarima maydonida ishlashi hamda ushbu YPX inspektori bilan aloqadorligi aniqlandi.

    'Stansiyalardan olingan "yashil" energiya hisobidan har bir mahallada 400-500 million so‘m qo‘shimcha daromad keltiradigan iqtisodiy aktiv paydo bo‘ladi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:23

    Stansiyalardan olingan "yashil" energiya hisobidan har bir mahallada 400-500 million so‘m qo‘shimcha daromad keltiradigan iqtisodiy aktiv paydo bo‘ladi.

    1-guruh nogironligi bo‘lib, oilasida mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 6 ming 700 ta xonadon energiya tejamkor qilib ta’mirlanadi.