Ma'lum qilinishicha, 27 mart kuni mahalliy fuqaro politsiyaga obyekt haqida xabar bergan va uning uchuvchisiz apparati Atiraudan 7 kilometr masofada topilgani aytildi.
Voqea joyida dvigateli kompozit yoki uglerod tolali materialdan tayyorlangan hamda shikastlangan bo‘laklar aniqlangan.
Atirau viloyati politsiya departamenti obyekt topilganini tasdiqlagan, ammo uning aniq nima ekanini ochiqlamagan.
“Vakolatli xizmatlar bilan birgalikda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Obyekt aholi yashash hududidan tashqarida topilgan. Hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda”, — deyiladi politsiya izohida.






