AsosiyDunyo

HAMAS va AQSh kelishuvga erishgani haqida OAVda xabarlar paydo boʻldi

Kelishuvning muhim jihatlari ochiqlandi. Unga koʻra…

'HAMAS va AQSh kelishuvga erishgani haqida OAVda xabarlar paydo boʻldi'ning rasmi

Arab OAVlarida G‘azo atrofidagi vaziyat bo‘yicha yangi, juda bahsli ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Sky News Arabia Falastin manbasiga tayanib yozishicha, HAMAS va AQSh ma’muriyati o‘rtasida ma’lum bir “tushunish”ga kelingan: unga ko‘ra, HAMAS o‘z qurollari hamda G‘azodagi tunnellar xaritalarini taqdim etishi, evaziga esa siyosiy partiya sifatida tan olinishi va Isroil hujumlaridan himoya kafolatlari bo‘lishi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, kelishuvda yana bir muhim band bor: HAMASning siyosiy va harbiy yetakchilari xohlasa, G‘azo sektorini tark etishi mumkinligi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, AQSh ularga yoki xorijdagi boshqa HAMAS rahbarlariga zarba bermaslik pozitsiyasini ushlab turishi ehtimoli tilga olingan.

Yana bir jihat: xabarlarda Vashington “HAMASning ayrim politsiyachilari va sobiq xodimlari”ni Isroil va AQSh tomonidan xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazish sharti bilan G‘azoning yangi ma’muriyatiga qo‘shishga tayyor ekani ham qayd etilmoqda. Ya’ni, gap faqat qurolni topshirishda emas — keyingi boshqaruv tizimida kim qolishi, kim ketishi kabi nozik masalalarda ham ketayotganga o‘xshaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump Kanada Tinchlik Kengashiga taklifini bekor qildi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:29

    Trump Kanada Tinchlik Kengashiga taklifini bekor qildi.

    Mark Karney Davosda o‘tkazilgan Jahon iqtisodiy forumida so‘zga chiqib, kichik va o‘rta davlatlar omon qolish uchun AQSh prezidenti bilan yaqinlashishga majbur emasligini ta’kidlagan edi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:00

    ''ning rasmi

    Dunyo 22.01.2026 17:50

    ''ning rasmi

    Dunyo 22.01.2026 09:49

    'Donald Trump AQSH bayrogʻi ustida oʻzgartirilgan xaritani eʼlon qildi'ning rasmi

    Dunyo 21.01.2026 09:09

    Donald Trump AQSH bayrogʻi ustida oʻzgartirilgan xaritani eʼlon qildi

    Mazkur rasmiy postlar Trumpning uzoq vaqtdan beri Grenlandiyaga nisbatan strategik qiziqishini loyiha tarzida ifodalaydi.

    'Trump va Merz Makronning Parijdagi sammit taklifini qo‘llab-quvvatlamadi'ning rasmi

    Dunyo 21.01.2026 05:20

    Trump va Merz Makronning Parijdagi sammit taklifini qo‘llab-quvvatlamadi

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Parijda G7 formati uchrashuv o‘tkazish taklifi AQSh prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Fridrix Merts tomonidan rad etildi.