AsosiyDunyo

Hindistonda xavfli Nipah virusi tarqalmoqda

G‘arbiy Bengal shtatida beshta holat tasdiqlandi, yuzga yaqin kishi karantinga olindi.

'Hindistonda xavfli Nipah virusi tarqalmoqda'ning rasmi

Hindiston hukumat G‘arbiy Bengalya shtatida xavfli Nipah virusi tarqalishining oldini olish choralarini kuchayitirmoqda. The Independent xabar berishicha, hozirgacha kasallik yuqtirish bilan bog‘liq beshta holat rasman tasdiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, yuzga yaqin kishi karantinga joylashtirilgan, bemorlar esa Kalkutta shahridagi shifoxonalarda davolanmoqda. Qayd etilishicha, bir bemorning ahvoli og‘ir.

Nipah virusi o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallik hisoblanadi va hozircha uning davosi mavjud emas. Mutaxassislar virus ko‘rshapalaklar hamda zararlangan mevalar orqali yuqishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar