AsosiyJamiyat

Сурхондарёда Тоҷикистон фуқаросини ноқонуний ушлаб турган шахс қўлга олинди

Denov shahrida Tojikiston fuqarosini tutqunlikda saqlab, qiynoqqa solgan shaxs aniqlandi.

'Сурхондарёда Тоҷикистон фуқаросини ноқонуний ушлаб турган шахс қўлга олинди'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Denov shahrida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Dushanbe shahridan bo‘lgan Tojikiston fuqarosini noqonuniy ravishda ushlab turgan.

Aniqlanishicha, u jabrlanuvchining tanishiga 11 ming AQSh dollari bergan va qarz qaytarilmagach, garov sifatida uning sherigini olib qolgan.

Shundan so‘ng Tojikiston fuqarosiga nisbatan turli qiynoqlar qo‘llanilib, og‘ir tan jarohati yetkazilgan.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    Boshqa yangiliklar