AsosiyJamiyat

Ishga joylashtirish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi

Andijon viloyatida mansabdor shaxs qarindoshini ishga kiritib qo‘yish evaziga pul talab qilgan vaqtida qo‘lga olindi.

'Ishga joylashtirish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, Andijon viloyati Baliqchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda, tanishlari orqali fuqaroning qarindoshini sohaga ishga joylashtirib berishni va'da qilgan va buning evaziga 1 800 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar