Yevropa Ittifoqining Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishi Eron bilan munosabatlarda yangi keskinlikni yuzaga chiqardi. Shu munosabat bilan Tehrondagi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchilari Eron Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
“Associated Press” ma’lum qilishicha, Eron tomoni usbu qarorga nisbatan rasmiy norozilik bildirib, uni “noqonuniy va asossiz qadam” deb atagan. TIV matbuot kotibi Ismoil Bag‘aiyning aytishicha, Yevropa Ittifoqiga nisbatan o‘zaro javob choralari ishlab chiqilgan va yaqin kunlarda tegishli qaror qabul qilinishi kutilmogda.
Eron parlamenti spikeri Muhammad-Boqir G‘olibaf esa bunga javoban Yevropa Ittifoqi Qurolli kuchlarini terrorchi tashkilot sifatida tan olish haqida bayonot bergan.
29 yanvar kuni Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas KSIning rasman terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilganini e’lon qildi. Shu bilan birga, Eronga qarshi yangi sanktsiyalar ham joriy etildi. Bu qarorlar 2025 yil oxiri va 2026 yil boshida Eronda bo‘lib o‘tgan ommaniy norozilik namoyishlari bilan bog‘lanmogda.






