AsosiyBu qiziq

Smithsonian Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказини 2026 йилда дунёдаги ТОП-10 музей қаторига киритди

Toshkentda barpo etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Smithsonian Magazine — AQShdagi Smitson institutining rasmiy nashri talqiniga koʻra, 2026 yilda dunyoda eng katta qiziqish bilan kutlangan 10 ta muzeydan biri sifatida eʼtirof etildi.

'Smithsonian Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказини 2026 йилда дунёдаги ТОП-10 музей қаторига киритди'ning rasmi

1970 yilda tashkil etilgan ushbu jurnal fan, tarix, madaniyat va muzeyshunoslik sohalarida xalqaro miqyosda nufuzli ilmiy-ommabop nashr hisoblanadi. Uning reytinglariga kiritilish loyihalar uchun jahon darajasidagi yuqori ekspert bahosining belgisi sifatida qaraladi.

Nufuzli reytingga, shuningdek, Lucas Museum of Narrative Art (Los-Anjeles), National Geographic Museum of Exploration (Vashington, D.C.), London Museum (London), MoN Takanawa: The Museum of Narratives (Tokio), The Hip Hop Museum (Nyu-York) va Kanal–Centre Pompidou (Bryussel) kabi mashhur muzey loyihalari ham kiritilgan. Bu esa O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazini jahon miqyosidagi eng yirik muzey tashabbuslari bilan bir qatorga qo‘yadi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazining ochilishi 2026 yil mart oyiga rejalashtirilgan. Smithsonian Magazine ta’kidlashicha, uch qavatli muzey majmuasi keng ko‘lamli ko‘rgazma maydonlari, Renessans davri zallari, shuningdek, turli tarixiy davrlarda yaratilgan Qur’oni Karimning 114 ta qo‘lyozma nusxasidan iborat noyob to‘plamni o‘z ichiga oladi. Ular orasida VII asrga mansub Usmon Qur’oni — dunyoda saqlanib qolgan eng qadimiy muqaddas kitob nusxalaridan biri ham mavjud.

Jurnal markazda zamonaviy raqamli texnologiyalar keng qo‘llanilishini alohida qayd etadi. Xususan, sun’iy intellekt asosida yaratilgan “jonli portretlar” orqali tashrif buyuruvchilar buyuk islom olimu mutafakkirlari bilan virtual muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Islom tsivilizatsiyasi markazi tarkibida, shuningdek, islomiy merosni o‘rganishga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot instituti, qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish laboratoriyalari hamda 460 o‘rinli xalqaro konferensiya zali faoliyat yuritadi. Bu esa markazning jahon darajasidagi ko‘p funksiyali ilmiy-ma’rifiy va madaniy makon sifatidagi maqomini belgilaydi.

Smithsonian Magazine majmua arxitekturasiga ham alohida e’tibor qarata-di. Unda Temuriylar davriga xos an’anaviy Markaziy Osiyo uslubi va zamonaviy arxitektura yechimlari uyg‘unlashgan. Balandligi 65 metrga teng bo‘lgan ko‘k gumbaz islom tsivilizatsiyasining ilmiy-ma’naviy merosi ulug‘vorligi va chuqur ramziy ma’nosini ifoda etadi.

Smithsonian Magazine tomonidan O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazining dunyoda eng kutilgan muzeylar ro‘yxatiga kiritilishi mamlakatning jahon merosiga qo‘shgan ilmiy, ma’naviy va madaniy hissasining muhim xalqaro e’tirofi, shuningdek, O‘zbekistonning global madaniy makondagi nufuzi tobora oshib borayotganining tasdiqi sifatida baholanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 11:33

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11 martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    '2025 йилда энг кўп чақалоқ туғилган туман ва шаҳарлар маълум бўлди'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 04:13

    2025 йилда энг кўп чақалоқ туғилган туман ва шаҳарлар маълум бўлди

    Eng koʻp chaqaloq tugʻilgan hududlar orasida Namangan shahri yetakchilik qildi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 09.03.2026 04:25

    'Urush fonida neft narxi keskin oshdi'ning rasmi

    Bu qiziq 08.03.2026 23:52

    Urush fonida neft narxi keskin oshdi

    Eron atrofidagi urush keskinlashib borar ekan, jahon bozorida neft narxi keskin ko'tarildi.

    '3,7 million yil avval yashagan inson ajdodining yuzi tiklandi'ning rasmi

    Bu qiziq 06.03.2026 14:10

    3,7 million yil avval yashagan inson ajdodining yuzi tiklandi

    Olimlar insoniyatning qadimgi ajdodlaridan biriga tegishli bosh suyagi asosida uning ehtimoliy yuz qiyofasini qayta tikladı.

    'Bugun ham aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 06.03.2026 03:02

    Bugun ham aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi

    “O‘zgidromet” 6 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.