Diplomatlarning xavfsizligi faqatgina elchixona hududida ta`minlanadi, deydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiyada elchini hech kim qo`riqlamaganiga izoh berar ekan.
“Elchixonaning qurolli qo`riqlash xizmati faqat elchixona hududida ishlashi borasida umumiy qoidalar mavjud, elchixonadan tashqariga qurol bilan chiqilmaydi. Muammo shunda. Gap Turkiyada ham emas, gap shundaki, aksariyat mamlakatlarda mana shunday”, — deydi Putin Parlamentning ikkita palatalari vakillari bilan uchrashuv chog`ida.
Davlat rahbarining so`zlariga ko`ra, ayrim mamlakatlardagi vaziyatlarni inobatga olib, rossiyalik diplomatlarni qo`riqlash bo`yicha boshqacha mexanizm haqida kelishish mumkin edi.
Karlovga dushanba kuni Anqaradagi ko`rgazma ochilishi chog`ida hujum uyushtirildi. Elchining qo`riqchisi sifatida qabul qilishgan qotil Karlovning orqasidan bir necha bor o`q uzgan.
Qotillik uchun javobgarlikni Suriyaning “Jaysh al-Fath” qurolli koalisiyasi o`z bo`yniga oldi.