Rossiyada Barbi qo`g`irchog`ini eslatuvchi qiz yashaydi, uning qo`g`irchoqdan farqi tirikligidadir, deb xabar berdi “Lemurov.net” nashri.
Qizning ismi Lolita Richi bo`lib, u bir tomchi suv kabi Barbi qo`g`irchog`iga o`xshaydi, farqi faqat qo`g`irchoq emas, insonligidadir.
Qizning ma`lumot berishicha, u plastik operasiyadan foydalanmagan, hech qachon parhez ilmagan. U tabiiy go`zalligidan faxrlanadi.
Lollittaning onasi qizini har tomonlama qo`llab-quvvatlaydi va shaxsan o`zi qizini suratga tushiradi. Qizig`i shundaki, Lolitta bolalinida juda sho`x bo`lib, faqatgina o`g`il bolalar bilan o`ynagan. Ko`rib turganingizdek, u vaqt o`tishi bilan go`zal hurliqoga aylandi.











