Toshkent viloyati FVBNing bergan xabariga ko‘ra, joriy yilning 7 fevral kuni Toshkent viloyatining Angren shahridagi ko‘p qavatli uynining birida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, soat 23:19 da Angren shahridagi Dukent qo‘rg‘oni "Ulug‘bek" MFYda joylashgan 4 qavatli binolar birining tom qismi yonayotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari soat 23:30 da voqea joyiga etib borib, binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan.
Yong‘in soat 23:57 da qurshab olinib, soat 00:50 da to‘liq bartaraf etilgan, deyiladi xabarda.






