AsosiyJamiyat

Ayollarni Turkiyaga sotib yubormoqchi bo'lgan guruh aeroportda qo'lga tushdi

Ular Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan bo'lgan ijtimoiy sharoyati og'ir ikki ayolni xorijga sotib yubormoqchi bo'lgan.

'Ayollarni Turkiyaga sotib yubormoqchi bo'lgan guruh aeroportda qo'lga tushdi'ning rasmi

Toshkent shahrida ayollarni aldab, Turkiyaga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan jinoyiy guruh fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 1997-, 1998- va 2003 yillarda tug‘ilgan bir nafar ayol va ikki nafar erkak oldindan til birliktirib, ijtimoiy sharoyiti og‘ir bo‘lgan ayollarni xorijga jo‘natishni rejalashtirgan. Ular Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan bo‘lgan ikki nafar ayolning ishonchiga kirib, Turkiyada ish bilan ta'minlashni va'da qilgan.

Ammo tergov davomida aniqalanishicha, gumonlanuvchilar aslida jabrlanuvchilarni moddiy manfaat evaziga Istanbul shahrida shahvoniy ekspluatatsiyaga jalb etishni ko‘zlagan.

Joriy yilning 3 fevral kuni guruh a'zolari ayollarni Toshkent–Istanbul reysi orqali xorijga yuborish uchun hujjatlarni rasmiylashtirayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar