AsosiyDunyo

Isroilning G‘azoga navbatdagi zarbasi, Vatanga qaytarilgan rus va ukrain asirlari, ijobiy yechim kutayotgan AQSH-Eron munosabatlari – haftaning jahon siyosatidagi dolzarb voqealari

Yakunlanayotgan haftada jahon siyosiy maydonida ham ko‘plab muhim voqealar yuz berdi. Rossiya va Ukraina munosabatlariga iliklik kirib, umidli qadamlar bosila boshlagan bir paytda Isroil G‘azoga nisbatan qurolli harakatlarini boshladi. Eron va AQSH yadro qurollari masalasidagi kelishmovchiliklarini hal qilib olish niyatida muzokaralar boshladi. Demak, ana shunday dolzarb hodisalar yuzasidan “Darakchi”da suhbatlashamiz.

'Isroilning G‘azoga navbatdagi zarbasi, Vatanga qaytarilgan rus va ukrain asirlari, ijobiy yechim kutayotgan AQSH-Eron munosabatlari – haftaning jahon siyosatidagi dolzarb voqealari'ning rasmi

Isroil-Falastin munosabatlari

Hafta boshida Isroil G‘azoga navbatdagi zarbasini yo‘lladi.

Buning natijasida kamida 20 dan ortiq falastinlik, jumladan, bir necha bola va bir feldsher halok bo‘ldi, 40 ga yaqini yaralandi, deya xabar berdi hudud shifoxonalari.

Xususan, bittagina "Al-Shifo" kasalxonasi evakuatsiya qilingan oilalar uchun qurilgan chodirlar va uylarning portlashi oqibatida halok bo‘lgan 13 kishi, jumladan besh bola jasadi olib kelinganini ma’lum qildi.

Isroilning bu harakati ikki davlat o‘rtasida oktyabr oyida tuzilgan sulhni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, sulh kuchga kirganidan buyon hujum va zarbalar natijasida 556 nafar falastinlik o‘ldirilgan, ularning yarmi ayollar va bolalar. Isroil harbiylari esa sulh boshlangandan beri o‘z askarlaridan to‘rt nafari halok bo‘lgani haqida xabar bergan.

Rossiya-Ukraina munosabatlari

Tugab borayotgan hafta Rossiya-Ukraina tomonlari o‘rtasida murosasozlikka, sulhga intilish haftasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, o‘tib borayotgan hafta davomida AQSh vositasida Abu-Dabida o‘tgan uch tomonlama muzokaralar Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushga barham berish, tinchlik o‘rnatilishida umidli voqea bo‘ldi. 

Muzokaralar yakunida Ukraina va Rossiya harbiy asirlar va tinch aholi almashinuvini amalga oshirdi.Unga ko‘ra, ikkala tomondan 157 nafardan harbiylar va tinch aholi vakillaridan iborat asirlar Vataniga qaytarildi.

Bu almashinuv o‘tgan yilning oktyabr oyidan keyingi uzoq kutlgan asirlar almashinuvi bo‘ldi.

Rossiya-Ukraina mavzusida bu haftaZelinskiyning Fransiya televideniesiga bergan intervyusi ham yirik voqea bo‘ldi. Intervyu chog‘ida Prezident Rossiya bilan urush maydonlarida 55 000 ukrainalik vafot etganini aytib o‘tdi, shuningdek, "bedarak yo‘qolgan"lar ro‘yxati ham juda ko‘pchilikni tashkil etishini ta’kidladi.

Zelenskiyga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi hududlar masalasini faqatgina Putin ishtirokidagi uchrashuv va muzokaralar davomida hal qilish mumkin. Shuningdek, Ukraina rahbari muzokaralar oson bo‘lmaganini, ammo u ham ijobiy natijalar tezroq bo‘lishini istashini aytdi.

BBC nashri esa voqealar haqida: Abu-Dabidagi muzokaralar – AQSh prezidenti Donald Trumpning urushni tugatishga qaratilgan harakatlarining bir qismidir, – deb yozdi.

AQSh-Eron munosabatlari

Har yerda shay AQSh rahbari Donald Trump Erondagi namoyishlar va islom respublikasining yadroviy dasturini ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Ayni masalalar yuzasidan ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralar Ummon poytaxti – Maskatda boshlandi. 

Qiziqi shundaki, uchrashuvlar Istanbulda bo‘lishirejalashtirilgan edi, ammo Trumpning bayonotlaridan so‘ng manzil o‘zgartirildi. 

Jiddiy kelishuvlar haqida rasman xabar bo‘lmasada, Trump Eronga kelishuvlar qiziqligi, ilk muzokaralar yaxshi o‘tayotganini aytdi.

Eron delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham birinchi kundan keyin hammasi yaxshi boshlanganiini ta’kidladi.

Bu orada Trump Eron bilan har qanday savdo aqolari bo‘lgan davlatlarni boj uchun qo‘shimcha ta’riflar joriy qilish bilan qo‘rqitib qo‘ydi, ammo hozircha aniq tartib va foizlar haqida ma’lumot bermadi.

 

Muhammadali Po‘latov

    Boshqa yangiliklar