AsosiyDunyo

Rossiyaning tungi hujumlari

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlari oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 30 nafardan ortiq odam yaralandi.

'Rossiyaning tungi hujumlari'ning rasmi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 8 ta hudud nishonga olingan. Dnepr shahri eng ko‘p zarar ko‘rgan — bu yerda 20 dan ziyod odam jarohat olgan, ular orasida 9 yoshli bola va ikki politsiya xodimi ham bor.

Chernigov viloyatining Nejin shahrida 2 kishi halok bo‘lgan, Xarkovda esa 1 yoshli bola yaralangan.

Dneprda qutqaruv ishlari davom etmoqda, Chernigov, Odessa va Xarkovda ham avariya xizmatlari ish olib bormoqda. Donetsk viloyatida ham bir qator shaharlarda uylar va infratuzilmaga zarar yetgani aytilmoqda.

Ukraina havo kuchlari ma’lum qilishicha, Rossiya 600 dan ortiq dron va 47 ta raketa uchirgan, ularning aksariyati havo mudofaasi tomonidan yo‘q qilingan yoki yo‘ldan qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar