Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida “O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan “Zurriyod” badiiy filmi tomoshabinlar e`tiboriga havola qilindi.
Mazkur filmda yaqin o`tmish va bugun, qishloq va shahar hayoti, insonlar orzu-havasi, armonlari hikoya qilinadi. Film voqealariga sobiq tuzum davrida “paxta ishi” bilan nohaq qamalgan otaxon taqdiri va uning oilasi asos qilib olingan.
Ssenariy muallifi va rejissyor Abduxalil Mingnorov, postanovkachi operator Rustam Murodov. Liboslar bo`yicha rassom Sofiya Kamolova. Rollarni O`zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullaeva, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Abdurahmon Yusufaliev, shuningdek, Shohrux Hamdamov, Dilobar Toshkenboeva, Muhammadiso Abdulxairov, Gulbahor Arslonova, Jahongir Sheraliev kabi aktyorlar ijro etgan.





