Uning vakolatlari vaqtincha Bosh vazir Luiş Montenegroga yuklatildi, deb xabar qildi AFP.
Portugaliya Prezidenti Marselu Rebelo de Souza rasmiy bayonotida vazir o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur shaxsiy va siyosiy sharoyitlar mavjud emas, deb hisoblaganini bildirgan. Bayonot prezidentning rasmiy saytida e’lon qilingan.
Amaral mamlakatni qamrab olgan “Kristin” dovuli ortidan yuzaga kelgan inqirozli vaziyat sabab tanqidlarga uchragan. Qonunchilikka ko‘ra, tabiiy ofatlarni bartaraf etish va ularning oldini olish Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
Sotsialistik partiya bosh kotibi Joze Luis Karneyro mazkur iste’fonni hukumatning favqulodda vaziyatga munosib javob bera olmagan sifatida baholagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan hafta mamlakatda kuzatilgan “Kristin” dovuli oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, infratuzilmaga jiddiy zarar yetgan. Mutaxassislar Pireney yarimorolini iqlim o‘zgarishi ta’siriga eng ko‘p duch kelayotgan hududlardan biri sifatida baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 9 mart kuni Antoniu Joze Seguru Portugaliya prezidenti lavozimiga kirishadi.






