AsosiyDunyo

NATO Arktikaga o‘n minglab harbiy yuborishni rejalashtirmoqda

Alyans "Arktika qo'riqchisi" (Arctic Sentry) missiyasi doirasida Grenlandiya va Norvegiyada keng ko'lamli mashqlar o'tkazadi.

'NATO Arktikaga o‘n minglab harbiy yuborishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) yangi "Arktika qo'riqchisi" missiyasi doirasida mintaqaga o'n minglab harbiy xizmatchilarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, tashabbus doirasida o'tkaziladigan mashqlarda alyansning o'n minglab harbiylari ishtirok etadi. Jumladan, Grenlandiyada Daniya tomonidan o'tkaziladigan "Arctic Endurance" hamda Norvegiyadagi "Cold Response" mashqlari ham usbu jarayonning bir qismi bo'ladi. Qayd etilishicha, mazkur mashqlar NATOning yangi missiyasidan qat'i nazar, avvaldan rejalashtirilgan.

"Men barcha tafsilotlarni oshkor qila olmayman, aks holda Moskva va Pekindagi doiralarni ortiqcha xabardor qilib qo'ygan bo'laman. Bizning baholashimizga ko'ra, Rossiya va Xitoy usbu mintaqada katta qiziqish bildirmoqda", — degan Mark Ryutte.

Bosh kotibning ta'kidlashicha, tashabbusning asosiy maqsadi Rossiya va Xitoyning Grenlandiya hamda uning iqtisodiy resurslariga kirish imkoniyatini cheklashdan iborat.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Portugaliya Ichki ishlar vaziri dovul ortidan iste'foga chiqdi'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 15:08

    Portugaliya Ichki ishlar vaziri dovul ortidan iste'foga chiqdi

    Portugaliya Ichki ishlar vaziri Mariya Lusiya Amaral lavozimidan isteʼfoga chiqdi.

    'Lavrov MDHda rus tilini faol targ‘ib qilishga va’da berdi'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 15:03

    Lavrov MDHda rus tilini faol targ‘ib qilishga va’da berdi

    Bu haqda u 11 fevral kuni Davlat dumasiidagi hukumat soatida so‘z yuritdi.

    'Истанбулдаги черковга ҳужум бўйича уч шахсга икки марта умрбод қамоқ жазоси берилди'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 12:13

    Истанбулдаги черковга ҳужум бўйича уч шахсга икки марта умрбод қамоқ жазоси берилди

    Istanbul og‘ir jinoyatlar sudi Sariyer tumanidagi Santa-Mariya katolik cherkoviga uyushtirilgan terror hujumi bo‘yicha ikki tojikistonlik va bir rossiyalikni har biri uchun ikki marta umrbod qamoq hamda qo‘shimcha 143 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamolov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 11:31

    Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamolov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

    Shavkat Mirziyoyev atoqli davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Qallibek Kamolovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

    'Trump Netanyahuning Oq uyda qabul qiladi.'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 09:52

    Trump Netanyahuning Oq uyda qabul qiladi.

    Xoʻsh, ular nimani muhokama qiladi?

    'Rossiyada migrantlar uchun yangi soliq va daromad nazorati joriy etiladi'ning rasmi

    Dunyo 10.02.2026 12:25

    Rossiyada migrantlar uchun yangi soliq va daromad nazorati joriy etiladi

    Daromadi tasdiqlanmagan migrantlarning vaqtincha yashash muddati qisqartirilishi mumkin.