AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonga yanvar oyida qariyb 1 million turist keldi

2026 yilning birinchi oyida 950 mingdan ortiq xorijlik O‘zbekistonga sayohat maqsadida tashrif buyurdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga oshgan.

'Oʻzbekistonga yanvar oyida qariyb 1 million turist keldi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida jami 950 278 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda mamlakatga kirib kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 271,6 ming nafarga yoki 40 foizga ko‘p.

Turistlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keladi:

Qirg‘iziston Respublikasi — 282 798 nafar

Tojikiston — 244 373 nafar

Qozog‘iston — 207 858 nafar

Rossiya — 69 070 nafar

Afg‘oniston — 43 572 nafar

Turkmaniston — 28 150 nafar

Xitoy — 25 666 nafar

Turkiya — 12 740 nafar

Hindiston — 6 095 nafar

Koreya Respublikasi — 3 237 nafar

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni davlatlardan kelgan sayyohlarning ulushi umumiy oqimda yetakchilik qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar