AsosiyJamiyat

Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi, 24 mingdan ortiq kuchli dori vositalari musodara qilindi

Poytaxt va viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda narkodukon faoliyatiga chek qo‘yilib, yirik miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qo‘lga olindi.

'Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi, 24 mingdan ortiq kuchli dori vositalari musodara qilindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Yuqori Chirchiq tumani hududida harakatlanaotgan Spark avtomashinasi to‘xtatildi. Tekshiruv davomida unda internet orqali faoliyat yurituvchi narkod‘konka xizmat qilgan 1993, 1994 va 1995 yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro borligi aniqlandi. Ulardan 37 dona “Tropikamid” hamda 124 dona pregabalin moddasi saqlangan kapsula ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tezkor tadbir davomida narkod‘konning “zakladchik”lari bo‘lgan yana ikki nafar shaxs uslandi. Ular tomonidan poytaxtning turli hududlarida yashirilgan jami 1186 dona “Pregabalin” va 125 dona “Tropikamid” musodara qilindi.

Aniqlanishicha, mazkur dori vositalari Sergeli tumanida faoliyat yurituvchi narkolaboratoriyada tayyorlangan. U yerda 1987, 1993, 1995 va 2000 yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar shaxs kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ishlab chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi. Xonadondan 5130 dona “Pregabalin” kapsulasi, 10 kg ushbu modda, 75 flakon “Tropikamid”, 6 kg uning xom ashyosi, shuningdek, 60 ming dona bo‘sh kapsula va flakon hamda laboratoriya jihozlari olindi.

Shuningdek, alohida tadbirda Shayxontohur tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan shaxsning uyi va avtomashinasidan 24 223 dona turli nomdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi. Tergovga qadar tekshiruvda ushbu dorilar Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy olib kirilgani va ularni 34 ming dollarga sotib olib, poytaxtda qayta sotish rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar