Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda deputatlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof Rashidov tumani deb o`zgartirish to`g`risidagi masalani muhokama qildilar, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Deputatlar masalani har tomonlama muhokama qilganlaridan keyin hukumat taklifi, keng jamoatchilik muhokamasi jarayonida bildirilgan fikr va takliflarni umumlashtirish materiallari, geografik ob`ektlarga nom berish va ularning nomini o`zgartirish masalalari bo`yicha hududiy va respublika komissiyalari tomonidan tayyorlangan xulosalar asosida Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof Rashidov tumani deb o`zgartirish to`g`risida qaror qabul qilindi va ushbu hujjat ma`qullash uchun Senatga yuborildi.





