AsosiyDunyo

Tojikiston “Ural avialiniyasi”ning Rossiyaning 4 shahridan parvoz qiladigan reyslarini bekor qildi

Dushanbe “Ural aviliniyasi”ning Rossiyaning 4 ta shahridan parvoz qiladigan aviareyslarni bekor qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

“Bunday qarorga kelishga Tojikistonning “Somoe Eyr” avikompaniyasi samolyotlarining Rossiya shahriga uchishi to`xtatilgani sabab bo`ldi”, deb ma`lumot berdi Tojikiston respublikasi transport vazirligiga qarashli fuqaro aviasiyasi departamenti boshlig`i Yusuf Rahmonov. 

Ilgari Rossiya transport vazirligi matbuot xizmati Tojikistonning Moskva yaqinidagi “Jukovskiy” aeroportidan “Yamal” aviakompaniyasiga tegishli samolyotlarning Tojikistonga uchishidan norozi bo`lganligi haqida xabar bergan edi. Ularning noroziligiga javoban Moskva juma kuni Tojikistonning “Somon Eyr” aviakompaniyasiga tegishli samolyotlarning Rossiya hududiga uchishini to`xtatdi. Cheklovlarga qaramay, Moskva va Sankt-Peterburg shahriga uchuvchi samolyotlarning parvozi to`xtatilmagan.   

“Ularga javoban “Ural avialiniyasi”ning to`rtta reysini yopamiz. Bular  Krasnodardan, Ufadan, Chelyabinsk va Krasnoyarskdan Dushanbega parvoz qiladigan reyslardir. Tojikiston hukumatining mazkur qarori mahalliy vaqt bilan 12.00 (Moskva vaqti bilan 10.00) da kuchga kiradi”, deb axborot berdi Rahmonov.

    Boshqa yangiliklar